07:32 / 25.11.2018
3 263

Ulug‘bek Baqoyev: "Janubiy Koreyaga qarshi bahsdan qandaydir fojea yasash shart emas"

Ulug‘bek Baqoyev: "Janubiy Koreyaga qarshi bahsdan qandaydir fojea yasash shart emas"
Buxoro klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev O‘zbekiston terma jamoasining Avstraliyada Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazgan o‘yini borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, u vakillarimizning BAAda o‘tkaziladigan Osiyo kubogidagi imkoniyatlarini ham yuqori baholadi.

– Ushbu o‘yindagi yirik mag‘lubiyat vaqt mintaqasidagi o‘zgarish va iqlim almashishi bilan bog‘liq deb o‘ylayman. Bundan tashqari, futbolchilarda sharoitga moslashish bilan ham bog‘liq muammolar ko‘zga tashlandi. Nazarimda o‘yinning borishiga mana shu jihatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bundan qandaydir fojea yasash shart emas. Shunchaki, sabr qilib, terma jamoaga omad tilashimiz lozim.

– Mutaxassis sifatida BAA mezbonligida o‘tuvchi turnirda qanday natija qayd etilishini kutyapsiz?

– Har qanday holatda terma jamoa oldiga minimum vazifa sifatida guruhdan chiqish vazifasi qo‘yiladi. Terma jamoamiz bu vazifani uddalay olishiga shubham yo‘q. Keyingi bosqichlarda esa faqat maksimal darajadani natijani qo‘lga kiritishlari lozim bo‘ladi. Terma jamoamizda buning uchun imkoniyatlar yuqori.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Janubiy Koreyaga qarshi bahsdan qandaydir fojea yasash shart emas"