20:39 / 25.11.2018
3 911

Futbol qoidalariga 7 ta o‘zgartish kiritish taklif etilmoqda

Futbol qoidalariga 7 ta o‘zgartish kiritish taklif etilmoqda
Futbol Assotsiatsiyalari Xalqaro Kengashi (IFAB) o‘yin qoidalariga bir nechta o‘zgartirishlar kiritishni taklif etmoqda.

BBC`ning xabar berishicha, kengash 2019 yil mart oyida kamida quyidagi 7ta o‘zgarish loyihasini ko‘rib chiqadi:

1. Futbolchi almashtirish tartibi. Zaxiraga olinayotgan futbolchi texnik zonaga kelmasdan, o‘ziga eng yaxshi yon chiziqdan maydonni tark etishi kerak;
2. Penaltilar seriyasi formati. Ketma-ketlikni hozirgi «A-B-A-B…» sxemasidan «A-B-B-A-A» formatiga o‘tkazish taklif etilmoqda;
3. To‘pni qo‘l bilan o‘ynash tushunchasiga yana ham aniqlik kiritish;
4. «Bahsli to‘p» qoidasini o‘zgartirish;
5. Darvozabonlarga penalti tepilayotgan vaqtda darvoza chizig‘ini faqat bir oyog‘i bilan bosib turishga ruxsat berish;
6. Jamoalarga o‘z jarima maydonida darvoza hududidan turib beriladigan zarbalar va erkin zarbalardan o‘yinga kirishishga ruxsat berish;
7. Sariq va qizil kartochkalarni nafaqat futbolchilar va murabbiylar shtabi a’zolariga, balki o‘yinning rasmiy shaxslariga ham ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

Ushbu o‘zgarishlar payshanba kuni Glazgoda o‘tgan IFABning yillik biznes uchrashuvida taklif etilgan. Futbol qoidalari bo‘yicha vakolatli organ 2 mart kuni bo‘lib o‘tadigan umumiy majlisida ushbu takliflarni ovozga qo‘yadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbol qoidalariga 7 ta o‘zgartish kiritish taklif etilmoqda