08:00 / 26.11.2018
4 292

Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini 1-raundda nokautga uchratdi

Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini 1-raundda nokautga uchratdi
25 noyabr kuni Atlantik Siti shahridagi “Hard Rock Hotel & Casino” arenasida o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov professional boksdagi 6-jangini o‘tkazdi.

G‘iyosovga meksikalik Migel Zamudio raqiblik qildi. Jang birinchi raunddayoq o‘z nihoyasiga yetdi. Shahramning ketma-ket yo‘llagan zarbalaridan so‘ng Zamudio jangni davom ettira olmadi. Natijada referi bahsni to‘xtatdi. Shahram esa texnik nokaut evaziga nabvatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Mazkur jangdan so‘ng Zamudioning mag‘lubiyatilari soni 12 (54 ta jang, 41 ta g‘alaba, 12 ta mag‘lubiyat) taga yetdi. Shahram hisobidagi g‘alabalar soni 6 ta bo‘lib, u 5 ta jangda nokaut evaziga g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini 1-raundda nokautga uchratdi