08:30 / 26.11.2018
3 621

Madrimov ilk jangdayoq raqibni nokautga uchratib, kamarga ega chiqdi (foto, video)

Madrimov ilk jangdayoq raqibni nokautga uchratib, kamarga ega chiqdi (foto, video)
24 noyabr kuni AQShning Atlantik-Siti shahridagi «Hard Rock Hotel & Casino» arenasida professional boks kechasi o‘tkazildi.

Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Isroil Madrimov bu boks oqshomida debyut qildi.

Toshkent vaqti bilan soat 07:00da boshlangan kechaning ilk jangida Madrimov meksikalik kuchli raqib Vladimir Ernandes (10-2, 6KO) bilan mushtlashdi.

WBA Intercontinental kamari o‘rtaga tikilgan jang o‘zbekistonlik bokschi ustunligida kechdi. Ikkinchi raunddayoq raqibni nokdaun holatiga tushirgan Madrimov 10 raundga mo‘ljallangan jangning 6-raundida muddatidan oldin g‘alabaga erishdi. Referi meksikalik bokschi jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.

Shu tariqa, Madrimov professional boksdagi ilk jangidayoq WBA Intercontinental kamarini qo‘lga kiritdi.



[media=https://www.youtube.com/embed/sEmYsCI7viU]
[media=https://www.youtube.com/embed/lXlGsV6rpvA]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Madrimov ilk jangdayoq raqibni nokautga uchratib, kamarga ega chiqdi (foto, video)