12:04 / 27.11.2018
3 103

Murodjon Ahmadaliyev: "Hozir faqatgina chempionlik janglarini kutyapman"

Murodjon Ahmadaliyev: "Hozir faqatgina chempionlik janglarini kutyapman"
Professional boksda muvaffaqiyatli yurishini davom ettirayotgan 24 yoshli o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev 25 noyabr kuni navbatdagi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi. U bu bilan birinchi yarim yengil vaznda WBA Inter-Continental chempionlik kamarigi yana o‘zida saqlab qoldi va tashkilot reytingida ushbu vaznda uchinchi o‘rinda bormoqda.

Isaak Zaratega qarshi kechgan jang uning uchun faoliyatidagi 5-to‘qnashuv bo‘ldi. Bu qarama-qarshlikda u o‘z mahorati, tezligi, chidamligi va aniq zarbalari sababli raqibini 9-raundda taslim qildi.

– Jang biz taxmin qilgandek o‘tdi, – deydi Ahmadaliyev. — Zarate aqlli va chidamli bokschi. Bundan tashqari katta tajribaga ham ega. Nokaut qilishim uchun menga faolroq bo‘lish talab etilishini bilardim. Biz asosan gavda bo‘yicha ishlashni rejalashtirgan edik. Uning zarbalarini o‘tkazib yuborishimni bilgandim. Zarate bilan jang menga ko‘p narsani o‘rgatdi. Hozir men faqatgina jahon chempionligi uchun janglarni kutyapman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev: "Hozir faqatgina chempionlik janglarini kutyapman"