20:17 / 27.11.2018
3 966

Lionel Messi: "Yana ham ko‘proq sovrinlar yutishni istayman"

Lionel Messi: "Yana ham ko‘proq sovrinlar yutishni istayman"
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi yana ham ko‘proq sovrinlar yutishni maqsad qilganini ta’kidlab o‘tdi.

– Mening asosiy maqsadim o‘sish, ammo hozirgi holatimdan norozi emasman. Shunchaki, har kuni o‘z vazifalarimni bajarib, ko‘proq titullar yutishni va o‘sishni istayman. O‘zimni raqobatga tayyor deb hisoblayman. Menga har doim yutish yoqadi, yutqazish emas. Men o‘zimni pleymeyker deb hisoblayman, to‘purar deb emas, – deya argentinalik futbolchining so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

Ispaniya chempionati 11-turidan so‘ng Messi 9 gol va 5 golli uzatmaga mualliflik qilgan. Avvalroq Messi bilan birga “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu “Oltin to‘p” uchun da’vogarlar qatoriga kiritilmaganligi ma’lum qilingan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi: "Yana ham ko‘proq sovrinlar yutishni istayman"