23:22 / 27.11.2018
4 133

«Lokomotiv» va «Paxtakor»ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

«Lokomotiv» va «Paxtakor»ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
Superligada 31-turida «Lokomotiv» o‘z maydonida «Paxtakor» bilan bellashdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada, «temiryo‘lchilar» oltin medallarni, «sherlar» esa kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.

«Lokomotiv» klubi OChL kelasi mavsumida B guruhidan joy olishi ma’lum bo‘ldi. Bu kvartetdan «Al-Ittihod» (Saudiya Arabistoni), «Al-Vahda» (BAA) va pley-off g‘oliblaridan biri (Qatar, Eron yoki Hindiston klublari) o‘rin egallagan.

«Paxtakor» esa saralashdan o‘tish uchun 12 fevralda Iroqning «Eyr Fors» klubini mag‘lub etishi, natija ijobiy bo‘lsa, bir hafta o‘tib BAAning «An-Nasr» jamoasidan ustun kelishi talab etiladi. O‘zbekiston vitse-chempioni ana shu pley-offdan o‘ta olsa, D guruhiga tushadi va «Persepolis» (Eron), «Al-Ahliy» (Saudiya Arabistoni) va «As-Sadd» (Qatar) klublari bilan kurash olib boradi.

OKMK klubi O‘zbekiston Kubogi sohibi sifatida o‘tish o‘yinlarida qatnashadi. Olmaliqliklar dastlab, 12 fevral kuni Tojikiston chempioni «Istiqlol»ni yengishi, undan so‘ng, 19 fevralda Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasi ustidan g‘alaba qozonishi kerak. OKMK ushbu ikkita to‘siqdan o‘ta olsa, Chempionlar ligasining A guruhida kurashni davom ettiradi. Bu kvartetdan «Al-Vasl» (BAA), «Az-Zavra» (Iroq) klublari, shuningdek, saralashdan o‘tgan Qatar, Eron, Iordaniya va Kuvayt klublaridan biri o‘rin oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» va «Paxtakor»ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi