00:50 / 29.11.2018
3 759

Xolifild Uaylder va Fyuri to‘qnashuvida kimning g‘alabasini taxmin qildi?

Xolifild Uaylder va Fyuri to‘qnashuvida kimning g‘alabasini taxmin qildi?
Mazkur jang 1 dekabr kuni Los-Anjeles (Kaliforniya shtati, AQSh)da tashkil etiladi.

Ikki vazn toifasining sobiq mutloq jahon chempioni Evander Xolifild super og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Deontey Uaylder va ushbu kamarga da’vogar Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– Bu haqiqatan ham ajoyib to‘qnashuv bo‘ladi. Fyuri yaxshi bokschi. Ko‘p bokschilarga noqulay raqib hisoblanadi, chunki uning uzun qo‘llari bor. Bundan tashqari qarshi hujumda yaxshi urusha oladi. Uaylder Taysonning hujumga o‘tishini kutmasligi kerak. Agar jang Fyuri uchun muvaffaqiyatsiz keta boshlasa, u tajribasi va ayyorligidan foydalanadi. Agar jang natijasi haqida gapiradigan bo‘lsak, Deontey jangni tezroq tugatishi mumkin, ammo Fyuri Uaylderni 12 raundgacha olib borsa, qarama-qarshilik Taysonning foydasiga hal bo‘ladi, – deya Xolifildning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xolifild Uaylder va Fyuri to‘qnashuvida kimning g‘alabasini taxmin qildi?