06:57 / 01.12.2018
2 816

Andrey Fyodorov: "Chempion sifatida mavsumni yuqori notada yakunlash juda muhim edi"

Andrey Fyodorov: "Chempion sifatida mavsumni yuqori notada yakunlash juda muhim edi"
“Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirdi.

- Birinchi galda “Navbahor” jamoasini qo‘lga kiritilgan bronza medallari bilan tabriklayman. Jamoa ancha paytdan buyon sovrindorlar qatoridan o‘rin ololmayotgan edi. Shu sababdan ushbu muvaffaqiyat jamoa uchun oldinga tashlangan katta qadam, deya olaman.

O‘yin to‘g‘risida gapirsam, “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda ancha kuch sarflagan edik. Shu sababdan asosiy tarkibning aksariyat a’zolari charchoq yoki kichik jarohatlar sabab Namanganga kela olishmadi. Bugun maydonga tushgan yigitlar esa boshqalarning yo‘qligini bildirishmadi. Ular maydonda ajoyib xarakater namoyish etishdi. Zero chempion sifatida mavsumni yuqori notada yakunlash juda muhim edi, - dedi murabbiy.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov: "Chempion sifatida mavsumni yuqori notada yakunlash juda muhim edi"