15:46 / 01.12.2018
3 517

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Firdavs Hasanov chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (foto)

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Firdavs Hasanov chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (foto)
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha “KINGDOM PROFESSIONAL FIGHT Selection-2” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kechada turli vazn toifalarid reyting, yarim final va final janglari (jami 10ta) bo‘lib o‘tdi. Unda 57.3 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik yakkakurashchi chempionlikni qo‘lga kiritdi.

"Sambo-Piter" klubi a’zosi Firdavs Hasanov dastlab yarim final bahsida rossiyalik Valentin Orlovdan ochkolar bo‘yicha ustun keldi. Ikkinchi yarim finalda esa ikki rossiyalik sportchi o‘zaro to‘qnash kelib, unda Sanjarbek Babayev Denis Ignatevni mag‘lub qildi.


Hal qiluvchi final jangchida Firdavs Sanjarbek Babayev bilan kuch sinashib, hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va turnir chempionlik kamariga ega bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik yakkakurashchi Firdavs Hasanov chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (foto)