17:30 / 01.12.2018
3 962

Uaylder va Fyuri super to‘qnashuv oldidan nimalar dedi?

Uaylder va Fyuri super to‘qnashuv oldidan nimalar dedi?
2 dekabr kuni (Toshkent vaqti bilan tongda) Los-Anjeles shahrida super og‘ir vazn toifasida yilning eng shov-shuvli janglaridan biri bo‘lib o‘tadi. Unda ushbu vazn toifasida WBC chempionlik kamari sohibi amerikalik Deontey Uaylder sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi ringga ko‘tariladi.

Har ikki bokschi ham mazkur jangdan keyin faoliyatidagi rekord gonorarga ega bo‘lishadi. Unga ko‘ra, Uaylder 14 mln dollar olsa, Fyuri 10 mln dollar ishlab oladi. Bundan tashqari gonorarga yana AQSh va Buyuk Britaniyadagi pulli translyatsiyalardan tushgan mablag‘larning ma’lum bir qismi qo‘shilishi mumkin.

Jang oldidan bokschilar bildirgan fikrlar

Tayson Fyuri, da’vogar:
– Men sizga hech qanday da’vogar emasman. Men jahon chempioni bo‘lganman va buni unumasligingiz kerak. Men bu elitadagi eng zo‘rlarning zo‘riman. Uaylderga qarshi jang birlashtiruvchi jang hisoblanadi. Chempion chempionga qarshi. Biz shouni boshlayapmiz. Hamma bu ikki yetakchi bokschining to‘qnashuvini ko‘rishni istamoqda.

Deontey Uaylder, WBC kamari sohibi:
– Fyuri Klichkoni mag‘lub qilmadi. Vladimir o‘zini o‘zi mag‘lub etdi va buni biz barchamiz bilamiz. Agar Klichko shunchaki ko‘proq zarba yo‘llaganda, jang uning foydasiga hal bo‘lardi. Fyuri ishonib harakat qilgani uchun faollik ko‘rsatdi, Vladimirda bu kuzatilmadi, ammo bu gal Tayson umuman boshqa narsa kutib oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Uaylder va Fyuri super to‘qnashuv oldidan nimalar dedi?