17:55 / 02.12.2018
3 252

Rasman: David Vilya Inesta va Podolski bilan yapon klubida to‘p suradigan bo‘ldi (foto)

Rasman: David Vilya Inesta va Podolski bilan yapon klubida to‘p suradigan bo‘ldi (foto)
Foto: Twitter/@VisselKobe
Yaponiyaning «Vissel Kobe» futbol klubi ispaniyalik hujumchi David Vilya bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

36 yoshli Vilya 1 yanvardan boshlab «Vissel Kobe» safida to‘p suradi. Boisi uning «Nyu-York Siti» klubi bilan tuzgan shartnomasi 2018 yilning 31 dekabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi. Vilyaning «Vissel Kobe» bilan tuzgan shartnomasi qancha muddatga mo‘ljallangani ochiqlanmagan.

Foto: Twitter/@VisselKobe
Qayd etish joiz, «Vissel Kobe» safida ayni damda Andres Inesta va Lukas Podolski kab futbolchilar to‘p surmoqda.

Ma’lumot uchun, David Vilya shu vaqtga qadar «Sporting Xixon», «Saragosa», «Valensiya», «Barselona», «Atletiko Madrid», «Melburn Siti» kabi klublarda to‘p surgan.

U Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempionati bilan bir qatorda Jahon chempionatida ham g‘olib bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: David Vilya Inesta va Podolski bilan yapon klubida to‘p suradigan bo‘ldi (foto)