20:10 / 02.12.2018
4 877

O‘zbekistonlik o‘smirlar shaxmat bo‘yicha dunyoda tengsiz bo‘lishdi (foto)

O‘zbekistonlik o‘smirlar shaxmat bo‘yicha dunyoda tengsiz bo‘lishdi (foto)
2018 yil 24 noyabr - 3 dekabr kunlari Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan 16 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasida dunyoning 39 mamlakatidan 222 nafar sportchi ishtirok etdi.

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, Olimpiada yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi ishonchli o‘yin ko‘rsatib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Musobaqada O‘zbekiston sharafini terma jamoaninng quyidagi a’zolari munosib himoya qildilar:

1) xalqaro toifadagi grossmeyster Nodirbek Abdusattorov (2004 y.t. Toshkent sh.);
2) xalqaro toifadagi sport ustasi Nodirbek Yoqubboyev (2002 y.t., Xorazm v);
3) xalqaro toifadagi sport ustasi Javohir Sindorov (2005 y.t. Toshkent);
4) xalqaro toifadagi sport ustasi Shamsiddin Vohidov (2002 y.t. Toshkent);
5) sport ustaligiga nomzod Sitora Saparova (2002 y.t. Navoiy v.);
6) terma jamoa rahbari va murabbiyi - xalqaro grossmeyster Saidali Yo‘ldoshev (1968 y.t., Toshkent v.).

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya, Xitoy, Xindiston, Eron, Ukraina, Vengriya, Polsha va moldovalik tengdoshlari ustidan g‘alaba qozonib, 9 imkoniyatdan 8 marotaba zafar quchib, 1 bora mag‘lubiyatga uchradilar.

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Mazkur natija O‘zbekiston O‘smirlar terma jamoasining 16 yoshgacha Butunjahon shaxmat olimpiadasi tarixida ilk eng yuqori natija ekanligini ta’kidlash lozim. Shu vaqtga qadar O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritmagan. O‘z taxtasida Nodirbek Yoqubboyev oltin medalni, Shamsiddin Vohidov ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro grossmeysterlar va xalqaro toifadagi sport ustalaridan iborat musobaqa favoritlari hisoblangan Rossiya, Eron, Ozarboyjon, Xindiston, AQSh va Armaniston davlatlarining vakillari O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasidan keyingi o‘rinlarga egalik qildilar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik o‘smirlar shaxmat bo‘yicha dunyoda tengsiz bo‘lishdi (foto)