22:07 / 04.12.2018
4 197

Murodjon Ahmadaliyev WBA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi

Murodjon Ahmadaliyev WBA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi
Professional boksning super yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev Butunjahon boks assotsiatsiyasining (WBA) yangilangan reytingida peshqadam bo‘lib oldi.

3 dekabr kuni e’lon qilingan reytingda Murodjon Ahmadaliyev yana ikki pog‘ona yuqorilagan va birinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Bokschi 24 noyabr kuni amerikalik Ayzek Saratega qarshi jangdagi g‘alabasi tufayli reytingda bunday yuqori o‘sishga erishdi.

Murodjon Ahmadaliyev professional boksda shu kunga qadar 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 4 ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, super yarim yengil vazn toifasida amerikalik Daniel Roman chempion sanaladi. Murodjon reytingdagi birinchi o‘rin sabab mazkur kamarga birinchi raqamli da’vogarga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev WBA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi