19:07 / 04.12.2018
3 310

«AGMK» pley-off o‘yinida «Istiqlol»ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

«AGMK» pley-off o‘yinida «Istiqlol»ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi
Superliga keyingi mavsumiga yo‘llanma uchun pley-off o‘yinlari doirasida kechgan «AGMK» – «Istiqlol» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Lokomotiv» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda olmaliqliklarning qo‘li baland keldi.

Birinchi bo‘limda ustunlik kutilganidek Superliga vakillari tomonida bo‘ldi, biroq xavfli vaziyatlar sodir etilishida farg‘onaliklar faolroq bo‘lishdi. Bo‘lim o‘rtalarida vodiyliklar juda qulay imkoniyatga ega bo‘lishdi: Riza Ayvazov o‘ng qanotdan tezlik oldi va bir nechta himoyachilarni aldab o‘tgan holda darvoza tomon zarba berdi. Biroq bu vaziyatda Xurshid Xodjayev o‘rin tanlashda adashmadi va zarbani bartaraf etdi.

«Konchilar»ning ketma-ket urinishlari 75-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Jasur Hasanovning burchakdan uzatib bergan to‘pini Vladislav Kasminin boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Himoyachi tomonidan qaytarib yuborilgan ushbu zarba avvaliga hisobga olinmadi, biroq yon hakam to‘p chiziqni kesib o‘tganini ta’kidladi va gol inobatga olindi. Bu gol o‘yin taqdirini hal qilib berdi.

Shu tariqa, «AGMK» ham Superligadagi o‘rnini saqlab qoladigan bo‘ldi.

Superliga, pley-off

«AGMK» – «Istiqlol» 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 75 Kasminin.

«AGMK»: Xurshid Xodjayev, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov, Zafar Polvonov (Kamoliddin Murzoyev, 80), Jasur Hasanov, Lutfulla To‘rayev, Zohir Pirimov (G‘ulom Haydar G‘ulomov, 87), Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Javlon Guseynov, Oybek Qilichev (Muzaffar Muzaffarov, 51).

«Istiqlol»: Nodir Ashurmatov, Aziz Madaliyev, Riza Ayvazov (Hamiddullo Abduhamidov, 57), Sardor Sotvoldiyev, Elyorjon Akbarov, Timur Sultonov (Elyor Mamasoliyev, 85), Anvarjon Xojimirzayev (Rustam Abduhamidov, 69), Obid Jo‘raboyev, Javohir Rasulov, Sardor Telyakov, Eldor Ergashev.

Ogohlantirishlar: Kasminin 36, Ayvazov 41.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «AGMK» pley-off o‘yinida «Istiqlol»ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi