23:13 / 05.12.2018
4 693

Oʻzbek bokschilari jahon terma jamoasi safida ringga koʻtariladilar

Oʻzbek bokschilari jahon terma jamoasi safida ringga koʻtariladilar
9 dekabr kuni Moskva shahrida katta boks oqshomi tashkil qilinadi, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.

Ushbu jang kechasida Rossiya terma jamoasi hamda Jahon terma jamoalari bokschilari toʻqnash keladilar.

Eʼtiborlisi, jahon terma jamoasi safida oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustalari ham ringga koʻtariladilar. Shu kuni Hasanboy Doʻsmatov va Iqboljon Xoldorov jang olib boradilar. Janglar uch daqiqadan beshta raund davom etadi.

9 dekabr kuni ringda quyidagi juftliklar kuch sinashadilar:

-57 kg: Albert Batirgaziyev (Rossiya) - Chatchai Budti (Tailand)

-69 kg: Shaxabas Maxmudov (Rossiya) - Iqboljon Xoldorov (Oʻzbekiston)

-75 kg: Gleb Bakshi (Rossiya) - Osli Iglesias Estrada (Kuba)

-63 kg:Aleksey Mazur (Rossiya) - Oganes Bachkov (Armaniston)

-81 kg: Imam Xatayev (Rossiya) - Xulio Sezar de la Krus (Kuba)

-52 kg: Tamir Galanov (Rossiya) - Hasanboy Doʻsmatov (Oʻzbekiston)

+91 kg: Ivan Veryasov (Rossiya) - Karti Tomas (Irlandiya)

-91 kg: Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) - Erislandi Savon (Kuba)

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbek bokschilari jahon terma jamoasi safida ringga koʻtariladilar