19:58 / 08.12.2018
4 203

Sardor Rashidov Kuper uni Osiyo kubogiga olib borish yoki bormasligi haqida

Sardor Rashidov Kuper uni Osiyo kubogiga olib borish yoki bormasligi haqida
Mavsumni Toshkentning "Lokomotiv" klubida o‘tkazib mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan mahoratli futbolchi Sardor Rashidov Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz safida BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogida ishtirok etish imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.

- Endi hammani o‘ylantirayotgan savol: Sardor Rashidovning Osiyo Kubogida qatnashish imkoniyati qanday? To‘g‘ri, buni murabbiy hal qiladi, ammo o‘zingiz bu masalada nima deya olasiz?

- Bilmadim. Meni ham olib borsa o‘ynayman, olib bormasa televizor qarshisida o‘tirib muxlislik qilamiz.

- Lekin terma jamoamizning Livan va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlaridan keyin tarkibga baribir Vitaliy Denisov bilan Sardor Rashidovning kerakligi haqida ko‘p gapirildi...

- Muxlislarning o‘zi biz haqimizdagi savollarga javob berishdi. Lekin baribir hozir bir nima deyish qiyin. Lekin meni ham olib ketsa, qo‘limdan kelganicha yordam beraman, zarbalarim bilan (kuladi).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidov Kuper uni Osiyo kubogiga olib borish yoki bormasligi haqida