11:02 / 09.12.2018
2 439

«Barselona» Kataloniya derbisida «Espanol»ga javobsiz to‘rtta gol urdi

«Barselona» Kataloniya derbisida «Espanol»ga javobsiz to‘rtta gol urdi
Ispaniya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan «Espanol» – «Barselona» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Kornelya El Prat» stadionida kechgan bahsda mehmonlar yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuv ikkala jamoaning qator hujumlari ostida boshlandi, biroq birinchi bo‘lib darvozani ishg‘ol qilish mehmonlarga nasib etdi. 17-daqiqada Lionel Messi jarima zarbasini ijro etdi va to‘pni darvozaning to‘qqizlik burchagiga aniq yo‘naltirib hisobni ochdi.

26-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda mezbonlar himoyadan chiqishda xatoga yo‘l qo‘yishdi va bu gol bilan jazolandi, Usmon Dembele Messi tomonidan uzatilgan to‘pni jarima maydoni ichida qabul qilib oldi va chiroyli zarba bilan jamoasining ikkinchi golini urdi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Luis Suares o‘tkir burchakda bo‘lishiga qaramay to‘pni darvozabonning yoqolari orasidan o‘tkazib darvozaga joylab qo‘ydi.

65-daqiqada Messi yana bir jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, jamoasining to‘rtinchi, o‘zining ikkinchi golini urdi. 73-daqiqada mezbonlar hisobni qisqartirishgandi, ammo videotakrorlarga murojaat qilgan hakam golni inobatga olmadi.

Shu tariqa, ko‘k-anorranglilar o‘z ochkolarini 31taga yetkazib olgan holda turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettiradigan bo‘lishdi.

La Liga, 15-tur

Espanol – Barselona 0:4 (0:3, 0:1)

Gollar:
0:1 – 17 Messi, 0:2 – 26 Dembele, 0:3 – 45 Suares, 0:4 – 65 Messi.

Espanol – Lopes, David Lopes, Vila, Lopes, Duarte, Darder (Granero, 74), Mark Roka, Melendo (Garsiya, 63), Sanches, Peres (Baptistao, 59), Iglesias.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Rakitich (Denis Suares, 82), Buskets, Vidal, Dembele (Koutino, 68), Messi, Suares (Munir, 79).

Ogohlantirish: Vila (79).

Manba: www.uff.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » «Barselona» Kataloniya derbisida «Espanol»ga javobsiz to‘rtta gol urdi