16:00 / 09.12.2018
3 067

Gvardiola: "Har bir g‘alaba va mag‘lubiyatdan to‘g‘ri hulosa chiqaramiz"

Gvardiola: "Har bir g‘alaba va mag‘lubiyatdan to‘g‘ri hulosa chiqaramiz"
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL doirasida "Chelsi"dan yengilganliklaridan so‘ng uchrashuv haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Tan olish lozim, biz imkoniyatni boy berdik. O‘zingiz guvohi bo‘lganingizdek, "Chelsi" yaxshi o‘yin namoyish qildi, biroq birinchi bo‘limda "Siti" ajoyib harakat qildi. Birinchi taym davomida futbolchilarimiz yaxshi imkoniyatlar yaratishdi, lekin raqibimiz 44-daqiqadagi yagona imkoniyatdan unumli foydalana oldi.

Shuni ta’kidlashim darkorki, biz kuchliroq, chiroyliroq harakat qildik. "Chelsi" uchrashuvning 75% vaqtida to‘pni nazorat qilishni rejalashtirgandi, biroq biz bunga yo‘l qo‘ymadik. Biz har bir g‘alaba va mag‘lubiyatdan to‘g‘ri hulosa chiqaramiz, - dedi Pep.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: "Har bir g‘alaba va mag‘lubiyatdan to‘g‘ri hulosa chiqaramiz"