17:44 / 10.12.2018
3 580

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi
12-22 dekabr kunlari BAA mezbonligida o‘tkaziladigan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.

Abu Dabi va Al Ayn shaharlarida o‘tkaziladigan turnirda mezbon jamoa "Al Ayn"dan tashqari, Osiyodan "Kashima Antlers", Yevropadan "Real Madrid", Afrikadan "Esperans", Okeaniya mintaqasidan "Vellington", Shimoliy va Markaziy Amerika mintaqasidan "Gvadalaxara" va Janubiy Amerikadan "River Pleyt" jamoalari ishtirok etadi.

Turnirning dastlabki uchrashuvi 12 dekabr kuni Al Aynda o‘tkaziladi. Ushbu bahsda "Al Ayn" Okeaniya vakili "Vellington"ga qarshi maydonga tushadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi