15:23 / 11.12.2018
4 347

Endi Millatlar ligasida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishi mumkin

Endi Millatlar ligasida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishi mumkin
Parijda FIFA bosh kotibi o‘rinbosari Zvanimir Boban boshchiligidagi ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda UYeFA Millatlar ligasining analogi sifatida Butunjahon Millatlar ligasi tashkil etish va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini yanada isloh qilish masalasi muhokama qilindi. Aytish lozimki, Boban boshchiligidagi ishchi guruhga aynan mana shu ikki musobaqaning o‘tkazilishi bo‘yicha texnik va sport masalalarini ko‘rib chiqish topshirilgan.

- Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati: Taqvim, format, ishtirokchi jamoalar soni, yo‘llanmalar taqsimoti.

- Butunjahon Millatlar ligasi: Taqvim, format va turnirning mintaqaviy konfederatsiyalardagi saralash o‘yinlariga ta’siri.

Ushbu ishchi guruh yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z taklifini kelgusi yilning 15 mart kuni AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan FIFAning navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Endi Millatlar ligasida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishi mumkin