16:39 / 11.12.2018
3 590

“Bunyodkor” quyi ligaga tushirib yuborilishi mumkin

“Bunyodkor” quyi ligaga tushirib yuborilishi mumkin
Ayni paytda "Bunyodkor" klubi kun mavzusi bo‘lib turibdi. Jamoaning keyingi taqdiri bir muammoga aylanib turgan bir vaziyatda boshqa qarzdorliklari ham chiqmoqda.

PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jayev ijtimoiy tarmoqdagi o‘zining sahifasida "Bunyodkor" klubidagi ayni paytdagi vaziyatga to‘xtalib o‘tdi.

- “Bunyodkor” futbol klubi ayni vaqtda bir necha frontda kurash olib borishiga to‘g‘ri kelyapti. Birinchidan, ukrainalik futbolchi Sergey Simonenko masalasi hali ham osilib yotibdi. FIFA 6 ochko olib tashlash talabini qo‘ygani hali hech narsa emas, muammo hal etilmasa, “Bunyodkor” quyi ligaga ham tushirib yuboriladi. Bu ishning “kashasi”ga sabab odam — “Bunyodkor”ning o‘sha vaqtdagi bosh direktori.

Bu yoqda Sergey Lushchan masalasi bor. Lushchan jamoani qabul qilib olganida, “Bunyodkor” hech qachon 2-o‘rindan pastga tushmagan bo‘lgan va doimo Chempionlar ligasining guruh bosqichini bosib o‘tgan. Lushchan esa klub tarixidagi eng yomon — 4-o‘rinni olyapti. Chempionlar ligasi guruh bosqichida 1 ta ham o‘yinda yuta olmay, sharmandali natija qayd etyapti. Biroq negadir kelasi mavsumda uning maoshi yanada ko‘tarilyapti (bu uning puli, aralashmaymiz). Biroq mana shu “kasha” ham klubning o‘sha vaqtdagi bosh direktoridan kelib chiqyapti.

Doston Hamdamov “Bunyodkor” bilan 1 yillik shartnomasi bo‘lishiga qaramay va xuddi Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov kabi akademiya tarbiyalanuvchisi bo‘lsa-da, “Anji” safiga o‘tib ketyapti. Shartnomani men nazarda tutayotgan odam imzolagan. Agentlar o‘rtaga aralashib, foyda ko‘ryapti (katta ehtimol bilan). “Bunyodkor” esa yo‘q, og‘zini ochib qolyapti.

Yechim: Agar “Bunyodkor” Doston Hamdamov masalasini o‘z tomoniga hal qilsa (katta ehtimol bilan hal qiladi), u holda klub eng kamida 300 ming yevro pul oladi. PFL mana shu summani qarzlar uchun yo‘naltirishni “Bunyodkor”dan talab qiladi. Demak, Sergey Lushchan o‘z pullarini oladi, - deya yozmoqda Diyor Imomxo‘jayev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » “Bunyodkor” quyi ligaga tushirib yuborilishi mumkin