12:59 / 12.12.2018
3 039

ChL: Kimlar pley-offga chiqdi, kimlar Yevropa Ligasiga yo‘l oldi? (jadval)

ChL: Kimlar pley-offga chiqdi, kimlar Yevropa Ligasiga yo‘l oldi? (jadval)
Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi oxirgi o‘yinlar oldidan pley-offning 16 ishtirokchisidan 15tasi ma’lum bo‘lib ulgurgan. Oxirgi yo‘llanma taqdiri «Shaxtyor» va «Lion» o‘rtasidagi o‘zaro bahsda hal bo‘ladi.

A guruhi: Bu guruhda 1/8 final bosqichiga birinchi o‘rin bilan Dortmundning «Borussiya»si yo‘l oldi, ikkinchi o‘rinni – «Atletiko» egalladi. Uchinchi o‘rinni band etgan «Bryugge» Yevropa Ligasida o‘ynaydi. «Monako» to‘rtinchi o‘rinda qolgan holda yevrokuboklarni tark etadigan bo‘ldi.

B guruhi: «Barselona» birinchi, «Tottenhem» – ikkinchi. London jamoasiga guruhdan chiqish uchun 8 ochko yetarli bo‘ldi, shuncha ochko olgan «Inter» qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tufayli uchinchi o‘rinda qolib ketdi. «PSV» guruh omadsizi.

C guruhi: «PSJ» va «Liverpul» mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan holda pley-offga chiqqan, oxirgi tur arafasida birinchi o‘rinda bo‘lgan «Napoli» endi Yevropa Ligasida omadini sinab ko‘radi. «Srvena Zvezda» yevrokuboklarni tark etdi.

D guruhi: «Portu» guruh bosqichida eng ko‘p ochko (16) jamg‘argan jamoa bo‘ldi, «Shalke» 11 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. «Galatasaroy» uchinchi bo‘ldi va bahorda Yevropa Ligasida o‘ynaydi. «Lokomotiv» e’tiborini to‘liq ichki chempionatga qaratadi.

E guruhi: Bu guruhda «Bavariya» va «Ayaks» muddatidan avval pley-off masalasini hal qilishgan, oxirgi turda bu jamoalar birinchi o‘rinni kim egallashini o‘zaro uchrashuvda aniqlashadi, «Benfika» – Yevropa Ligasi yo‘llanmasini hal qilgan. To‘rtinchi o‘rinda qolishi aniq bo‘lgan AYeK bilan bo‘ladigan uchrashuv rasmiyatchilik uchun o‘tkaziladi.

F guruhi: «Manchester Siti» pley-offga chiqib bo‘lgan. 1/8 final uchun ikkinchi yo‘llanma egasi «Shaxtyor» – «Lion» uchrashuvida aniq bo‘ladi. «Hoffenhaym» ham Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun imkoniyat saqlab qolgan, buning uchun inglizlar o‘z maydonida mag‘lub etilishicha, «Lion» ukrainlardan ustun kelishi talab etiladi.

G guruhi: Bu guruhda «Real» va «Roma» pley-offga chiqib bo‘lishgan. Bahorgi o‘yinlarda Yevropa Ligasining 1/16 finalida ishtirok etish uchun SSKAda ham, «Viktoriya»da ham imkoniyat bor. Ikki jamoada ham 4 ochkodan jamg‘arilgan. Moskvaliklar oxirgi turda madridliklar mehmoni bo‘ladi, chexlar – rimliklarni qabul qiladi.

H guruhi: Bahorda «Yuventus» va «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasida, «Valensiya» – Yevropa Ligasida o‘ynaydi. «Yang Boyz» uchun barchasi yakunlangan.

Qur’aga ko‘ra, guruhlarda birinchi o‘rinni egallagan jamoalar saralanganlar savatchasida bo‘ladi, ikkinchi o‘rin bilan chiqqan jamoalarni kuchliroq raqiblar kutadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » ChL: Kimlar pley-offga chiqdi, kimlar Yevropa Ligasiga yo‘l oldi? (jadval)