19:38 / 12.12.2018
3 385

Yurgen Klopp: "UYeFA dagilar musobaqani «Liverpul»siz davom ettirish mumkin deb o‘ylashmoqda edi. Bu safar emas"

Yurgen Klopp: "UYeFA dagilar musobaqani «Liverpul»siz davom ettirish mumkin deb o‘ylashmoqda edi. Bu safar emas"
«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqich 6-tur «Napoli» jamoasiga qarshi o‘yin borasida fikr bildirib o‘tdi.

«Saloh ajoyib gol urdi, Alisson ham nihoyatda chiroyli seyvni amalga oshirdi, men buni qanday amalga oshirganini tasavvur qila olmayapman. Biz yana to‘p kiritishimiz mumkin edi, ammo Sado Mane bilan bo‘lgan vaziyat musobaqa jadvalidagi vaziyatimizga hech qanday ta’siri yo‘q. Qizg‘in o‘yin bo‘ldi, ko‘plab qarshi hujumlar, lekin biz bunga tayyor edik.

UYeFA dagilar musobaqani «Liverpul»siz davom ettirish haqida o‘ylayotgan ham edi, lekin bu safar emas. Agar biz YeChL dan chiqib ketishimiz mumkin bo‘lganida Neapoldan keyin bo‘lar edi, bugun emas, chunki biz g‘alaba qozondik», - deydi Klopp.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp: "UYeFA dagilar musobaqani «Liverpul»siz davom ettirish mumkin deb o‘ylashmoqda edi. Bu safar emas"