07:06 / 13.12.2018
3 078

«Yuventus» klubi «Yang Boyz» maydonida, «MYu» esa «Mestalya»da mag‘lub bo‘ldi

«Yuventus» klubi «Yang Boyz» maydonida, «MYu» esa «Mestalya»da mag‘lub bo‘ldi
Yevropa Chempionlar ligasining 6-tur N guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Guruh peshqadami «Yuventus» safarda «Yang Boyz» bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvni faol boshlagan mehmonlar 30-daqiqaga kelib darvozalaridan to‘p olib chiqishdi. Aleks Sandro o‘z jarima maydoni ichida raqib futbolchisini qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Natijada belgilangan penaltini Oaro aniq bajarib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

68-daqiqada mezbonlar qarshi hujumdan unumli foydalanishdi: yana o‘sha Oaro bu safar jarima maydoni tashqarisidan aniq zarab yo‘llab jamoasining ikkinchi golini urdi. Bunga turinliklar 80-daqiqada javob qaytarishdi: Paulo Dibala uzoq masofadan ajoyib zarba yo‘llab hisobni qisqartirdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Valensiya» va «Manchester Yunayted» klublari o‘zaro bahs yuritishdi. «Mestalya»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlarning qo‘li baland keldi.

17-daqiqada Karlos Soler jamoasining o‘ng qanotdan tashkillashtirgan hujumini o‘zining aniq zarbasi bilan golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Fil Jons to‘pni qaytaraman deb o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Mankunianlar 87-daqiqaga kelibgina javob golini urishdi: Markus Reshford o‘zining aniq zarabsi bilan hisobni qisqartirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar dahlsiz qoldi.

Shu tariqa, «MYu» bu mag‘lubiyatdan so‘ng «Yuventus»ni quvib o‘tish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi va guruhni ikkinchi o‘rinda yakunladi. Turinliklar esa mag‘lubiyatga qaramay peshqadamlikni saqlab qolishdi.

YeChL, 6-tur
N guruhi

Yang Boyz Shveysariya – Yuventus Italiya 2:1 (1:0, 1:1)

Gollar:
1:0 – 30, penalti Oaro, 2:0 – 68 Oaro, 2:1 – 80 Dibala.

Yang Boyz – Velfli, Kamara, Garsiya, Mbabu, Benito, Sou (Vyutrix, 90), Lauper, Ebisher, Fassnaxt (Bertone, 80), Oaro, Ngamale (Shik, 85).

Yuventus – Shchensnы, De Shilo (Dibala, 72), Bonuchchi, Rugani, Pyanich (Djan, 65), Kuadrado (Aleks Sandro, 23), Bentankur, Duglas Kosta, Bernardeski, Mandjukich, Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Kamara (62), Bernardeski (64), Garsiya (72), Velfli (83).

Valensiya Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 17 Soler, 2:0 – 47, avtogol Djons, 2:1 – 87 Reshford.

Valensiya – Domenek, Toni Lato (Garay, 51), Pichchini, Ruben Vezu, Diakabi, Parexo, Soler, Cherыshev (Ferran Torres, 66), Kondogbia, Santi Mina (Rodrigo, 68), Batshuayi.

Manchester Yunayted – Romero, Djons, Roxo (Yang, 46), Bayi, Valensiya, Pereyra, Fellayni, Mata, Pogba, Fred (Reshford, 57), Lukaku (Lingard, 69).

Ogohlantirishlar: Valensiya (11), Toni Lato (28), Bayi (30), Reshford (81).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yuventus» klubi «Yang Boyz» maydonida, «MYu» esa «Mestalya»da mag‘lub bo‘ldi