19:38 / 13.12.2018
2 812

Andrey Kanchelskis: SSKAning “Real”ga yutqazmasligini sezgandim, ammo...

Andrey Kanchelskis: SSKAning “Real”ga yutqazmasligini sezgandim, ammo...
Namanganning “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis kecha UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich soʻnggi turida SSKAning Madridda “Real” ustidan qozongan gʻalabasi haqida gapirib oʻtdi.

“Oʻyindan oldin men “armiyachilar”ning magʻlub boʻlmasligini sezgandim. Ammo, gʻalaba qozonishini, ustiga-ustak yirik hisobda zafar quchishini tasavvur qilish qiyin edi. Bu oʻyin uchun ularga qoyil qolish kerak va rahmat aytish kerak”, - deydi rossiyalik mutaxassis.

Eslatib oʻtamiz, SSKA “Real”ni birinchi davrada Moskvadagi bahsda ham magʻlubiyatga uchratgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis: SSKAning “Real”ga yutqazmasligini sezgandim, ammo...