10:43 / 14.12.2018
2 380

Yevropa Ligasida pley-offning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Yevropa Ligasida pley-offning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi
Yevropa Ligasining guruh bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Kecha keyingi bosqichda kurashni davom ettiradigan 11 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

6-tur natijalariga asosan quyidagi klublar pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi: «Vilyarreal», «Sevilya», «Krasnodar», BATE, «Renn», «Malme», «Rapid», «Olimpiakos», «Seltik», «Slaviya», «Genk».

Ushbu 13 ta klub muddatidan oldin minimum vazifani uddalab bo‘lgan edi: «Arsenal», «Ayntraxt», «Dinamo» Zagreb, «Dinamo» Kiyev, «Red Bull Zalsburg», «Zenit», «Chelsi», «Latsio», «Sporting», «Fenerbaxche», «Bayer», «Betis», «Syurix».

Chempionlar Ligasida guruh bosqichini uchinchi o‘rinda yakunlagan jamoalar endilikda Yevropa Ligasi sovrini uchun kurashga qo‘shiladi: «Bryugge», «Inter», «Napoli», «Galatasaray», «Benfika», «Shaxter», «Viktoriya» va «Valensiya».

Ikkinchi darajali yevrokubok musobaqasi pley-offida Ispaniyadan 4 ta klub qatnashadi, bu – boshqa ligalar bilan taqqoslaganda eng yuqori ko‘rsatkich. La Liganing uchala vakili – «Vilyarreal», «Sevilya» va «Betis» o‘z guruhlarida peshqadamga aylanishdi, «Valensiya» esa YeChLdan kelib qo‘shiladi.

Eslatib o‘tish joiz, turnirda ispan klublari barchadan ko‘p – 11 marotaba bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

1/32 final bosqichi juftliklari 17 dekabr, dushanba kuni qur’a tashlash orqali aniqlanadi. Bosqichning ilk o‘yinlari 14 fevralda, javob uchrashuvlari esa bir haftadan so‘ng bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Yevropa Ligasida pley-offning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi