Aralash qoidalar bo‘yicha yengil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov 2018 yilda dunyoning eng mashhur sportchilari ro‘yxatiga kiritildi.
Google kompaniyasi bergan hisobotga ko‘ra, yakunlanib borayotgan 2018 yilda eng ko‘p “qidiruv” berilgan sportchilar ro‘yxatida Xabib Nurmagomedov beshinchi o‘rinni band etgan. Konor Makgregor esa o‘ninchi pog‘onadan joy olgan.
Qizig‘i shundaki, Google tizimida eng ko‘p izlangan sportchi bu basketbol yulduzi Tristan Tompson bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda futbolchi Aleksis Sanches, tog‘ chang‘i sporti vakilasi Lindsi Vonn hamda snoubordchi Shon Uayt bormoqda.
Google Rossiya hududida Xabib Nurmagomedov birinchi o‘rinda ekanligini qayd etgan. Konor Makgregorga esa reytingning to‘qqizinchi pog‘onasidan joy tekkan. Joriy 2018 yilda Rossiyada yil voqeasi sifatida tanlanganlar ro‘yxatida Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang to‘rtinchi o‘rinda zikr etilgan. Rossiyadagi jahon chempionati shubhasiz birinchi o‘rinni egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi