06:58 / 15.12.2018
3 334

O‘zbekistonda "Inter" akademiyasi va rasmiy fan-klubi ochilishi mumkin

O‘zbekistonda "Inter" akademiyasi va rasmiy fan-klubi ochilishi mumkin[center][/center]
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish, bu borada Yevropaning futboli rivojlangan mamlakatlari futbol akademiyalari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan joriy yilda Ispaniyaning "Real Madrid" akademiyasi vakillari poytaxtimizda va viloyatlarda master-klasslar o‘tkazishdi. Shuningdek, bir qator iqtidorli yosh futbolchilarimiz Madrid shahriga tashrif buyurib, u yerda bevosita "Qirollik klubi" akademiyasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish maqsadida, bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro boshqarma boshlig‘i Diyor Isametdinov va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov Italiyaning Milan shahrida "Inter" klubi akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda "Inter" akademiyasi departamenti boshlig‘i Barbara Biggi, "Inter" klubining akademiyalar bo‘yicha texnik direktori Aldo Montinaro va "Inter" akademiyasi texnik direktori Marko Montilar qatnashishdi.

Uchrashuv davomida yurtimizda "Inter" akademiyasi filialini ochish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, "Inter" akademiyasi murabbiylari ishtirokida mamlakatimizda bolalar futboli mutaxassislari uchun mahorat darslari o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ham muzokaralar o‘tkazildi. Bundan tashqari, "Inter" klubi afsonasi" loyihasi bo‘yicha, klub tarkibida to‘p surgan mashhur futbolchilarni O‘zbekistonga olib kelish va ular bilan uchrashuvlar o‘tkazish ham muhokama mavzusidan o‘rin oldi.

Ma’lumki, hozirda yurtimizda "Pro" diplomi bo‘yicha o‘quv kurslarining ikkinchi moduli bo‘lib o‘tmoqda. Mana shu o‘quv kurslarida ta’lim olayotgan mutaxassislarni Italiyaga olib borib, "Inter" klubi mashg‘ulotlarini bevosita maydondan kuzatish va tajriba o‘rganish jarayonini yo‘lga qo‘yish borasida ham fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda "Inter" klubining rasmiy fan-klubini ochish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Bugun O‘FA mutasaddilari "Inter" akademiyasiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishlari ham rejalashtirilgan.

Manba: O‘FA rasmiy sayti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonda "Inter" akademiyasi va rasmiy fan-klubi ochilishi mumkin