Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasidagi raqibimiz Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xajime Moriyasu kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Yaponiya terma jamoasi Osiyo Kubogini 4 marta qo‘lga kiritgan bo‘lib, navbatdagi musobaqaga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
- BAAdagi Osiyo Kubogida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni Yaponiyaga qaytarishga harakat qilamiz. 2015 yilda buni uddalay olmagandik. Musobaqada g‘olib chiqish uchun 7ta o‘yin o‘tkazish kerak. O‘yindan o‘yinga kuchayib borishga intilamiz. Terma jamoaning asosiy tarkibini shakllanitirish menga katta qiyinchilik tug‘dirdi. Ko‘plab futbolchilarimizda jarohat bor edi. Ayni paytda eng yaxshi sport formasida bo‘lib turgan futbolchilarni terma jamoaga jalb qilishga harakat qildim. Bir tomondan Rossiyadagi mundialda qatnashgan tajribali futbolchilar xizmatidan foydalanishni istadim, boshqa tomondan esa yosh futbolchilarga ham imkon berishga harakat qildim. Bizga qarshi barcha raqiblarimiz katta kuch bilan maydonga tushishadi. Shu sababli biz ulardan zo‘rroq bo‘lishga harakat qilishimiz kerak, - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xajime Moriyasu.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ Osiyo Kubogida «F» guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!