22:07 / 15.12.2018
3 618

Ignatiy Nesterov: "Ektor Kuper uchun tartib birinchi o‘rinda"

Ignatiy Nesterov: "Ektor Kuper uchun tartib birinchi o‘rinda"
Turon24 O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan uyushtirilgan mavsumning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignetiy Nesterov bilan eksklyuziv intervyu tashkillashtirdi.

— Mavsumning eng yaxshi darvozaboni unvoni sizga emas, Eldor Suyunovga topshirilganiga qanday munosabat bildirdingiz?
— Men shunchaki o‘rnimdan turdim-u, chiqib ketdim. Men hatto yil ramziy terma jamoasi e’lon qilinishini ham kutganim yo‘q.

— Fikringizcha, Suyunov ushbu unvonga qanchalik munosib?
— Bizga hech narsa bog‘liq emas. Eng yaxshilar PFL va muxlislar tomonidan tanlandi. Biz faqat o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik, xolos. Shunday ekan, ular meni bunga munosib ko‘rishmabdimi, shunday bo‘la qolsin.

— Ignatiy, siz Osiyo kubogiga yo‘l oluvchi futbolchilar tarkibining kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritildingiz. Nima deb o‘ylaysiz turnirda Kuper asosiy darvozabonlikda kimni tanlaydi? Siznimi yoki Suyunovnimi?
— Bu haqda nimadir deyishim qiyin. Tarkibga faqat eng munosiblar kiritiladi. Shuning uchun ham yig‘inlar tashkillashtirilyapti.

— O‘tkazilgan 6 ta o‘yindan so‘ng nima deya olasiz, Kuper terma jamoa muhitida nimani o‘zgartirdi?
— Maydonda va maydon tashqarisida tartib va intizomga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yig‘inlar vaqtida infratuzilmadan tortib jamoaviy ruhiyatga qadar hammasi ideal darajada bo‘lishi talab qilinyapti. Kuper uchun intizom masalasi birinchi o‘rinda.

— Kuperning so‘zlariga qaraganda, u o‘yinni asosan himoya orqali tashkillashtirishga harakat qilyapti. Agar shunday bo‘lgan taqdirda ham Avstraliyadagi o‘yinda Janubiy Koreyadan o‘tkazib yuborilgan 4 ta gol juda ko‘plik qilmaydimi?
— Hozircha o‘rtoqlik o‘yinlaridan kelib chiqib biror fikr bildirmagan ma’qul. Hammasi rasmiy o‘yinlar vaqtida ma’lum bo‘ladi.

— Kuperning uslubi o‘zbek futbolchilari o‘yiniga qanchalik mos?
— Biz faqat jipslashishimiz va murabbiy nimani xohlasa shuni ko‘rsatib berishimiz lozim.

— Fikringizcha, O‘zbekiston terma jamoasi uchun eng yaxshi murabbiy kim: Qosimov, Abramov, Kapadze yoki Kuper?
— Bu futbol. Shunday ekan, savolingizga aniq javob berishim mushkul.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ignatiy Nesterov: "Ektor Kuper uchun tartib birinchi o‘rinda"