22:35 / 15.12.2018
3 177

APL. «Tottenxem» 91-daqiqadagi gol evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi va boshqa natijalar

APL. «Tottenxem» 91-daqiqadagi gol evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi va boshqa natijalar
Angliya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

«Tottenxem» klubi o‘zida «Byornli» bilan bahs olib bordi. «Uembli»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Hakam tomonida qo‘shib berilgan vaqtda Kristian Eriksen darvozani ishg‘ol qilib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etgan golga muallif bo‘ldi.

Parallel kechgan bahslarda «Lester» safarda «Kristal Pelas»ga yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, «Nyukasl» klubi «Xaddersfild» maydonidan g‘alaba bilan qaytdi.

«Uotford» gollarga boy bo‘lgan o‘yinda «Kardiff»ni taslim qildi. «Vulverxempton» esa o‘zida «Bornmut»ga imkon qoldirmadi.

APL, 17-tur

Tottenxem – Byornli 1:0
Gol:
1:0 – 90+1 Eriksen.

Tottenxem – Loris, Devis, Tripper, Rouz, Alderveyreld, Lukas Moura (Eriksen, 65), Alli, Sissoko, Lamela (Lorente, 82), Skipp (Son Xыn Min, 75), Keyn.
Byornli – Xart, Mi, Teylor, Bardsli, Long, Kork, Lennon (Vouks, 90), Vestvud, Breydi (Xendrik, 90), Tarkovski, Barns (Vud, 80).
Ogohlantirishlar: Breydi (63), Bardsli (68).

Kristal Pelas – Lester 1:0
Gol:
1:0 – 39 Milivoyevich.

Kristal Pelas – Guaita, Kelli, van Anxolt, Uan-Bissaka, Sako, Milivoyevich, Kuyate (Shlupp, 65), Taunsend, Makartur, Mayer (Panchon, 90), Ayyu (Serlot, 78).

Lester – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Rikardu Pereyra, Maguayr, Mendi, Ndidi, Meddison (Gezzal, 46), Olbrayton (Okadzaki, 89), Grey (Ixeanacho, 73), Vardi.
Ogohlantirishlar: Makartur (45), Rikardu Pereyra (61), Guaita (90).

Uotford – Kardiff 3:2
Gollar:
1:0 – 16 Deulofeu, 2:0 – 52 Xolebas, 3:0 – 68 Kina, 3:1 – 80 Xoylett, 3:2 – 82 Rid.

Uotford – Foster, Kabasele, Xolebas, Femeniya, Ketkart, Kina, Dukure, Pereyra, Sema (Saksess, 77), Deulofeu (Kleverli, 87), Dini (Okaka Chuka, 81).
Kardiff – Eteridj, Morrison, Bennett (Pelter, 59), Manga, Bamba, Arter, Gunnarsson (Rid, 78), Merfi (Mendes-Leyng, 46), Kamarasa, Xoylett, Paterson.

Vulverxempton – Bornmut 2:0
Gollar:
1:0 – 12 Ximenes, 2:0 – 90 Kavaleyru.

Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Koudi, Boli, Kastro, Bennett, Gibbs-Uayt (Saiss, 75), Moutinyu, Diogu Jota (Elder Koshta, 46), Ruben Nevesh, Doerti, Ximenes (Kavaleyru, 89).
Bornmut – Begovich, Ake, Mingz (Riko, 36), Deniels, Kuk, Stanislas (Musse, 80), Serman, Ayb (Uilson, 58), Lerma, King, Freyzer.
Ogohlantirishlar: Kuk (34), Lerma (39), Elder Koshta (66).

Xaddersfild – Nyukasl 0:1
Gol:
0:1 – 55 Rondon.

Xaddersfild – Lessl, Shindler, Kongolo (Sobxi, 60), Leve (Durm, 60), Yorgensen, Pritchard, Bakuna, Xogg (Mbenza, 77), Billing, Xaderdjonay, Depuatr.
Nyukasl – Dubravka, Sher, Mankilo, Klark, Lassels, Atsu, Diame, Ki Son Yen (Xeyden, 72), Kenedi (Dammett, 89), Peres, Rondon (Ritchi, 81).
Ogohlantirishlar: Lassels (34), Xogg (72).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. «Tottenxem» 91-daqiqadagi gol evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi va boshqa natijalar