00:38 / 17.12.2018
3 097

«Arsenal» 4 oydan beri ilk marta mag‘lub bo‘ldi

«Arsenal» 4 oydan beri ilk marta mag‘lub bo‘ldi
Angliya chempionatining 17-turida «Sauthempton» «Arsenal» ustidan g‘alabaga erishdi. Sauthemptondagi «Sent-Meri» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida jamoalar bittadan gol urishdi, mezbonlar safida Denni Ings hisobni ochdi, Genrix Mxitaryan javob qaytardi. Bo‘lim oxirida Ings yana mezbonlarni oldinga olib chiqdi, ikkinchi bo‘limda Mxitaryan yana hisobni tenglashtirdi. O‘yin oxirida esa to‘liq kuch bilan hujumga chiqqan mehmonlar qarshi hujumni o‘tkazib yuborishdi va Charlz Ostin «avliyolar» jamoasiga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.

Bu mag‘lubiyatdan keyin «Arsenal» Premer-ligada 14 uchrashuv davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasini yakunladi. Unai Emeri jamoasi barcha turnirlardagi o‘yinlarni hisoblaganda 22 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etdi. Jamoa oxirgi marta avgust oyida «Chelsi»ga safar o‘yinida yutqazgandi (2:3).

Endilikda «Arsenal» Angliya chempionati turnir jadvalida 34 ochkosi bilan beshinchi o‘rinda qolmoqda.

Yangi bosh murabbiy Ralf Hazenhyuttl boshchiligidagi ilk uchrashuvda g‘alabaga erishgan «Sauthempton» esa ochkolari sonini 12taga yetkazib, «xavfli hudud»ni tark etgan va 17-o‘ringa ko‘tarilgan.

Keyingi turda «Arsenal» «Byornli»ni qabul qiladi, «Sauthempton» «Haddersfild Taun» mehmoni bo‘ladi. Ikki o‘yin ham 22 dekabrga belgilangan.

Angliya chempionati
17-tur

Sautghempton – Arsenal 3:2
Gollar:
1:0 – 20 Ingz, 1:1 – 28 Mxitaryan, 2:1 – 44 Ingz, 2:2 – 53 Mxitaryan, 3:2 – 85 Ostin.

Sauthempton – Makkarti, Vestergor, Yosida, Targett, Bednarek, Redmond (Long, 63), Xeyberg, Armstrong (Djonson, 90), Romeu, Valeri, Ingz (Ostin, 71).
Arsenal – Leno, Lixtshtayner (Meytlend-Naylz, 74), Monreal, Bellerin (Lyakazett, 46), Koselni, Genduzi, Chaka, Mxitaryan, Torreyra, Ivobi (O‘zil, 70), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Bednarek (51), Koselni (60), Armstrong (71).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Arsenal» 4 oydan beri ilk marta mag‘lub bo‘ldi