10:55 / 17.12.2018
2 525

«Barselona» «Levante» darvozasiga 5 ta gol urdi. Messidan xet-trik!

«Barselona» «Levante» darvozasiga 5 ta gol urdi. Messidan xet-trik!
Ispaniya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan «Levante» – «Barselona» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Syudad de Valensiya» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda katalonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvda Lionel Messi xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Luis Suares va Xerard Pikelar bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi.

Shu tariqa, «Barselona» ochkolarini 34taga yetkazib olgan holda yakka peshqadamga aylandi. «Levante» (22) 8-pog‘onada qoldi.

La Liga, 16-tur

Levante – Barselona 0:5 (0:2, 0:3)
Gollar:
0:1 – 35 Suares, 0:2 – 43 Messi, 0:3 – 47 Messi, 0:4 – 60 Messi, 0:5 – 88 Pike.

Levante – Olasabal, Postigo (Prsich, 70), Kabako, Tono, Rober, Rochina (Koke, 69), Bardi, Morales, Kampanya, Djeyson, Boateng (Mayoral, 62).

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Vermalen (Artur, 52), Langle, Rakitich, Buskets, Vidal (Koutino, 78), Dembele (Denis Suares, 81), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Dembele (18), Rober (25), Rakitich (36), Alba (45), Djeyson (59).
Chetlatish: Kabako (76).

Manba: www.uff.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » «Barselona» «Levante» darvozasiga 5 ta gol urdi. Messidan xet-trik!