13:23 / 17.12.2018
3 905

Yurgen Klopp “MYU” ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng nimalar dedi?

Yurgen Klopp “MYU” ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng nimalar dedi?
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp kecha APLning 17-turida “Manchester Yunayted” (3:1) ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“Jamoaning koʻrsatgan oʻyinidan toʻliq qoniqdim. Yigitlarim juda yaxshi harakat qilishdi. Biz juda kuchli raqibga qarshi oʻynadik. Biz “Manchester Yunayted”ga vaziyat yaratish uchun deyarli imkon bermadik. Bugun biz chempionlik haqida oʻylamadik, shunchaki gʻalaba qozonishni xohladik. Bizda juda kuchli jamoa bor va buni isbotlash uchun har bir oʻyinda gʻalaba qozonishimiz shart”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib oʻtamiz, “Liverpul” kechagi gʻalabadan soʻng yana musobaqa jadvalida peshqadamlikni qoʻlga olgan boʻlsa, MYU oltinchi pogʻonaga tushib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp “MYU” ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng nimalar dedi?