07:47 / 20.12.2018
3 400

Sport TV Osiyo Kubogini to‘liq namoyish qiladi

Sport TV Osiyo Kubogini to‘liq namoyish qiladi
Sport TV telekanali Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasini O‘zbekiston hududida namoyish qilish huquqini sotib oldi.

5 yanvar – 2 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkaziladigan turnirning barcha 51 ta o‘yini o‘zbekistonlik muxlislarga taqdim qilinadi.

Barcha o‘yinlar jonli efirda namoyish qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogida tarixda ilk marotaba 24 ta jamoa ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan bir guruhdan joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sport TV Osiyo Kubogini to‘liq namoyish qiladi