16:18 / 22.12.2018
4 017

Osiyo kubogi. Ummon - O‘zbekiston uchun eng noqulay raqiblardan biri

Osiyo kubogi. Ummon - O‘zbekiston uchun eng noqulay raqiblardan biri
Barchangizga yaxshi ma’lum kelgusi yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida navbatdagi Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi "F" guruhida Yaponiya, Turkmaniston va Ummon terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Musobaqadagi ilk uchrashuv 9 yanvar kuni Ummon terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda Ummon terma jamoasini tajribali gollandiyalik mutaxassis Pim Verbek boshqarib bormoqda. Ummonliklar Verbek qo‘lostida shu yilning yanvar oyida Fors Ko‘rfazi musobaqasida g‘alaba qozonishdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Ummonga qarshi o‘yinlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, biz bu terma jamoaga qarshi jami 5 ta o‘yin o‘tkazganmiz. Shularning bittasida g‘alaba qozonib, 4 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchraganmiz. To‘plar nisbati 8-7 raqiblarimiz foydasiga.

08.09.2001 O‘zbekiston - Ummon 5:0
13.10.2001 Ummon - O‘zbekiston 4:2
20.08.2008 Ummon - O‘zbekiston 2:0
27.05.2014 O‘zbekiston - Ummon 0:1
29.05.2014 O‘zbekiston - Ummon 0:1

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi. Ummon - O‘zbekiston uchun eng noqulay raqiblardan biri