21:32 / 22.12.2018
3 404

O‘zbekiston “Hockey Series Open” turnirida Qozog‘istonni ham mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston “Hockey Series Open” turnirida Qozog‘istonni ham mag‘lubiyatga uchratdi
22 dekabr kuni Pokistonning Lahor shahri mezbonlik qilayotgan chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi “Hockey Series Open” xalqaro turnirining birinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Afg‘oniston terma jamoasidan so‘ng Qozog‘istonni ham mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi bergan xabarga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning ustunligida o‘tgan o‘yinda 6-2 hisobi qayd etilgan. Manbada keltirilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu g‘alabasidan so‘ng musobaqaning 2019 yilda o‘tkaziladigan final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan.

Hindistondagi final bosqichida Tokio-2020 olimpiadasi uchun yo‘llanma sohiblari aniqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston “Hockey Series Open” turnirida Qozog‘istonni ham mag‘lubiyatga uchratdi