22:24 / 22.12.2018
2 454

“Chelsi” klubi oʻzida “Lester”ga magʻlub boʻldi

“Chelsi” klubi oʻzida “Lester”ga magʻlub boʻldi
Angliya chempionatining 18-turida “Chelsi” klubi oʻz maydonida “Lester” futbolchilariga magʻlub boʻldi. Uchrashuvda mehmonlar 0:1 hisobida yutib ketishdi.

Uchrashuv har ikki tomonning hujumlari bilan boshlandi va birinchi boʻlimda hisob ochilmadi. Oʻyindagi yagona golni Jeymi Vardi 51-daqiqada kiritib yuborishdi.

“Chelsi” 37 ochko bilan Angliya chempionatining 4-pogʻonasida qolmoqda. “Lester”da 25 ochko toʻqqizinchi oʻrinda qolmoqda. “Chelsi” uchun ushbu magʻlubiyat uchinchisi boʻldi. Keyingi turda “Chelsi” safarda “Uotford” mehmoni boʻlishadi. “Lester” esa oʻzida “Manchester Siti” klubini qabul qiladi. Har ikki oʻyin 26 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

“Chelsi” – “Lester” 0:1 (0:0, 0:1)

Gol:
0:1 – 51 Vardi.

“Chelsi” – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Azar, Kante, Pedro, Kovachich (Loftus-Chik, 61), Villian (Jiru, 61), Jorjino (Fabregas, 75).

“Lester” – Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Rikardu Pereyra, Maguayr, Ndidi, Mendi, Olbrayton, Chouduri, Meddison (Grey, 82), Vardi (Ixeanacho, 84).

Ogohlantirishlar: Ndidi (31), Mendi (81).

Manba: www.uff.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » “Chelsi” klubi oʻzida “Lester”ga magʻlub boʻldi
[/banner_pushhouse