09:10 / 23.12.2018
4 533

Osiyo Kubogi-2019. O‘zbekiston guruhdan chiqsa kimga qarshi o‘ynaydi?

Osiyo Kubogi-2019. O‘zbekiston guruhdan chiqsa kimga qarshi o‘ynaydi?
BAAdagi Osiyo Kubogida O‘zbekiston "F" guruhida ishtirok etadi.
Ko‘pchilik terma jamoamiz guruhdan chiqsa qaysi guruhdagi qaysi o‘rinni olgan jamoaga qarshi o‘ynashi haqida savol bermoqda. Quyidagi ma’lumotlarda barchasi aniq qilib yozilgan:

"F" guruhida birinchi o‘rinni olgan jamoa "E" guruhida ikkinchi o‘rin olgan jamoa bilan o‘ynaydi.

"E" guruhi
Saudiya Arabistoni
Qatar
Livan
KXDR

Bizning taxmin: Guruhda ikkinchi o‘rin - Qatar

Bizning guruhda ikkinchi bo‘lgan jamoa "B" kvartetida ikkinchi o‘rinni olgan jamoaga qarshi to‘qnash keladi.

"B" guruhi
Avstraliya
Suriya
Falastin
Iordaniya

Bizning taxmin: Guruhda ikkinchi o‘rin - Suriya

Xabaringiz bor, bu Osiyo Kubogida tarixda ilk bor 24 ta jamoa ishtirok etadi. Shu bois 6ta guruhning 4 tasida uchinchi o‘rinni olgan jamoalar ham 1/8 finalga chiqish huquqiga ega bo‘ladi.

Agar "F" guruhida uchinchi bo‘lgan jamoa keyingi bosqichga chiqsa yoki "D" yoki "C" guruhi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

"D" guruhi
Eron
Iroq
Vetnam
Yaman

"C" guruhi
Janubiy Koreya
Xitoy
Qirg‘iziston
Filippin

Bizning taxmin: Guruhda birinchi o‘rinlar - Eron va Janubiy Koreya

Manba: championat.asia

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi-2019. O‘zbekiston guruhdan chiqsa kimga qarshi o‘ynaydi?
[/banner_pushhouse