01:16 / 23.12.2018
2 681

Gattuzo: "Asabdan stolni sindirishim ham "Milan"ga yordam bera olmaydi"

Gattuzo: "Asabdan stolni sindirishim ham "Milan"ga yordam bera olmaydi"
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo A Seriyada "Fiorentina"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Hozir biz juda qiyin davrni o‘tkazyapmiz. Jarohatlar tufayli og‘ir holatdamiz. Bunday natijalar bilan tinchlanib bo‘lmaydi. Biz hech nimani o‘zgartirmaymiz. Biz xotirjam bo‘lmaymiz endi. Ammo mag‘lubiyat sababchilarini qidirib o‘tirmaymiz.

Jamoa qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Biz g‘alaba qozonishga harakat qildik. Biroq "Fiorentina"ning bosimi tufayli sxemamiz biroz kuchsizlandi.

So‘nggi natijalar bizning foydamizga emas. Turnir jadvalida ko‘tarilmayapmiz. Stolni sindirishim yoki alam-la devorni urishim "Milan"ga yordam bermaydi", - dedi Gattuzo.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gattuzo: "Asabdan stolni sindirishim ham "Milan"ga yordam bera olmaydi"