14:17 / 23.12.2018
3 768

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini boshqaradigan xorijlik murabbiy deyarli aniq bo‘ldi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini boshqaradigan xorijlik murabbiy deyarli aniq bo‘ldi
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini boshqarishga asosiy nomzod bo‘lgan serbiyalik murabbiy Lyubinko Drulovich bilan uchrashdi, deya xabar beradi MOQ rasmiy sayti. Uchrashuvda Lyubinko Drulovichning yordamchilari Zavisha Miloslavlevich va Neboysa Topalov ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov serbiyalik mutaxassisni yurtimizda ko‘rib turganidan xursand ekanini ta’kidlar ekan, O‘zbekiston iste’dodlarga boy o‘lka ekani, ana shu iste’dodlarni jamlab, 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga yo‘l olish asosiy maqsad ekanini aytib o‘tdi.

Buning uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilib, Olimpiya terma jamoasining asosini shakllantirish ishlari allaqachon boshlab yuborilganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Serbiyalik murabbiy Lyubinko Drulovich O‘zbekistonga tashrif buyurganidan benihoya xursand ekanini bildirar ekan, o‘zbek futboli bilan yaqindan tanish ekanini, xususan, o‘zbekistonlik yoshlarning shu yil Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida qanday o‘yin namoyish etishgani va chempionga aylanishganidan xabardor ekanini aytib o‘tdi. Agar mutaxassisga O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi topshiriladigan bo‘lsa, jamoa oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad – Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun astoyidil mehnat qilishga tayyor ekanini ham ta’kidlab o‘tdi.

Ayni damda Lyubinko Drulovich bilan muzokaralarning so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Agar muzokaralar ijobiy yakunlansa, u O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanadi.

Ma’lumot uchun:

Lyubinko Drulovich

Fuqaroligi: Serbiya
Tug‘ilgan sanasi: 11 Sentyabr 1968 (50 yosh)
Murabbiylik darajasi: UYeFA «PRO» diplomi egasi (2007 yil)
Eng katta yutug‘i: Serbiya U-19 terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida g‘oliblikka erishgan
Murabbiy sifatida erishgan yutuqlari:

Angola Superkubogi G‘olibi – «Agosto» FK 2010-2011
Yevropa U-19 Chempionati g‘olibi – Serbiya 2013
«Partizan» FK bilan Yevropa ligasi ishtirokchisi – 2015-2016
BAA U-19 bilan final qismiga yo‘l olgan – 2017 yil

Shaxsiy yutuqlari:

Serbiyada yilning eng yaxshi murabbiyi – 2013 yil.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini boshqaradigan xorijlik murabbiy deyarli aniq bo‘ldi