21:31 / 23.12.2018
3 611

Rasman! Baxtiyor Ashurmatov AGMKni tark etdi

Rasman! Baxtiyor Ashurmatov AGMKni tark etdi
Bugun AGMK klubi matbuot xizmati jamoa ustozi Baxtiyor Ashurmatov klubni tark etganini e’lon qildi.

- Jamoa rahbariyati o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng, 2018 yilgi mavsumda AGMK bosh murabbiyi bo‘lgan Baxtiyor Ashurmatov bilan do‘stona xayrlashdi. Baxtiyor A’zamovich Olmaliq shahri klubi tarixida mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan murabbiy sifatida joy oladi. AGMK jamoasining barcha xodimlari, futbolchilar va rahbariyat Ashurmatovga jamoadagi faoliyati uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi va uning kelajakdagi murabbiylik faoliyatiga omad tilaydi.

Kecha AGMK jamoasi Toshkentdagi "Residence Park" (sobiq "Turkiston") mehmonxonasida to‘plandi. Jamoa dekabr oyida o‘tkaziladigan o‘quv-yig‘ini davomida shu joyda istiqomat qiladi. Kechki payt jamoa futbolchilari yangi mavsum tayyorgarligi bosqichi ilk mashg‘ulotida ishtirok etishdi. Mashg‘ulotlar Muxtor Qurbonov va A’zam Sherg‘oziyev murabbiyligi ostida o‘tdi. Yaqin kunlar ichida AGMKni 2019 yilda boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiy masalasi hal bo‘ladi, - deya yozalida klubning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! Baxtiyor Ashurmatov AGMKni tark etdi