11:54 / 24.12.2018
2 959

Nurmagomedov va Meyvezer o‘rtasidagi jang bir milliard dollarga baholandi

Nurmagomedov va Meyvezer o‘rtasidagi jang bir milliard dollarga baholandi
Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov va boks bo‘yicha 12 karra jahon chempioni amerikalik Floyd Meyvezer o‘rtasidagi jang haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda «Sport-Ekspress»ga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.

Tashkilot bosh kotibining ma’lum qilishicha, bu jangni Moskvada o‘tkazishni xohlamoqda.

«Agar Habib Meyvezer bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazish haqida qaror qabul qilsa, unda, albatta, bu ro‘y berishi mumkin. Jang yozda Moskvada, «Lujniki»da bo‘lib o‘tishi uchun barcha kerakli ishni qilamiz. Agar jang amalga oshsa, unda bu nafaqat biz uchun, balki butun mamlakatimiz uchun yaxshi bo‘ladi. Chet eldan qancha muxlislar kelishini tasavvur qila olasizmi? Qancha xorijiy investitsiyalar bo‘ladi? Habib va Meyvezerning jangi barcha uchun qiziq», - deya ta’kidlab o‘tdi ekspert.

U uchrashuv qiymatini 1 milliard dollarga baholadi.

«Menimcha, jangning umumiy qiymati - bir milliard dollar atrofida. Bu ham xarajatlar, ham daromadlar. Shu bilan birga, plyusga chiqishimizga shubhalanmayman. Hammasi keyin aniq bo‘ladi. O‘ylaymanki, Meyvezer - Makgregor jangida ishtirok etgan homiylar bu yerda ham qatnashishni xohlashadi. Sababi jang dunyo bo‘ylab efirga uzatiladi», - deya xulosa qildi Kremlev.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik boks qoidalariga ko‘ra jang qilishni istamoqda, Nurmagomedov esa ham oktagonda, ham ringda kurash olib borishga tayyor.

Bundan avval Habib Nurmagomedov Rossiya bayrog‘i haqidagi savolga keskin javob bergandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Nurmagomedov va Meyvezer o‘rtasidagi jang bir milliard dollarga baholandi
[/banner_pushhouse