14:36 / 24.12.2018
3 431

Pochettino: "2:6 hisobi turmush o‘rtog‘im uchun sovg‘a. Biz 26 yil oldin turmush qurgan edik"

Pochettino: "2:6 hisobi turmush o‘rtog‘im uchun sovg‘a. Biz 26 yil oldin turmush qurgan edik"
«Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APL doirasida «Everton» ustidan qozonilgan 2:6 hisobidagi yirik g‘alaba haqida gapirib o‘tdi.

-Juda ham xursandman. Biz bu yerga chorshanba kuni «Arsenal»ga qarshi kechgan qiyin o‘yindan keyin kelgan edik, ammo jamoa tetik va tezkor o‘yin ko‘rsatdi. Biz juda ham yaxshi o‘yin namoyish qildik. Juda ham ajoyib. Bu kabi chiroyli o‘yindan keyin g‘ururlanish kerak.

-Uchrashuvning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lgan Sonning o‘yini haqida nima deya olasiz?

-U yuqori darajali futbolchi. Uning vaziyatni yakunlashi ajoyib. Ammo faqatgina uni maqtab bo‘lmaydi. O‘yin darajasi yuqori bo‘ldi.
«Everton» - juda ham ajoyib jamoa. Ular gol urishdi, mag‘lubiyatga uchrayotgan edik, lekin biz fantastik ruhiyatga egamiz. Ushbu g‘alaba bizga aqlbovar qilmas tuyg‘ularni bermoqda. Biz butun 90 daqiqa ustunlikka ega bo‘ldik va raqibdan ancha zo‘r edik. Bizni juda ham tig‘iz taqvim kutib turibdi va uni shu tarzda boshlash muhim.

-Siz chempionlik uchun poygadamisiz?
-«Liverpul» va «Siti» - chempionlik uchun asosiy favorit. Biz yaxshi vaziyatdamiz. Ammo oldinda ko‘plab o‘yinlar bor.

-2:6 hisobi bugun siz uchun o‘ziga xosmi?
-Bu mening ayolim uchun sovg‘a. Biz 26 yil oldin turmush qurgan edik. Bu bayramni nishonlash uchun ajoyib usul», - deydi Pochettino.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pochettino: "2:6 hisobi turmush o‘rtog‘im uchun sovg‘a. Biz 26 yil oldin turmush qurgan edik"