12:20 / 25.12.2018
3 103

Iroq o‘rtoqlik bahsida Xitoyni mag‘lub etdi, Eron esa Falastin bilan durang o‘ynadi

Iroq o‘rtoqlik bahsida Xitoyni mag‘lub etdi, Eron esa Falastin bilan durang o‘ynadi
Osiyo Kubogi musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir qator terma jamoalar o‘rtoqlik va nazorat o‘yinlarida ishtirok etishdi.

Bugun Iroq termasi Xitoy bilan bahs yuritdi. Unda iroqliklarning qo‘li baland keldi.

Ahmad Ibrohim va Muhannad Alining gollariga xitoyliklar Vu Lining penaltidan kiritgan to‘pi bilan javob qaytarishdi.

Yana bir bahsda Eron terma jamoasi Falastin bilan kuch sinashdi va kutilmaganda murosa yo‘lini tanladi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Mehdi Taremi forslarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Janatan Kantillana muvozanatni tikladi.

O‘rtoqlik o‘yinlari

Iroq – Xitoy 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar:
1:0 – 22 Ibrohim, 1:1 – 43 Li, 2:1 – 96 Ali.

Chetlatish: Li Yiming (82).

Falastin – Eron 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar:
0:1 – 50 Taremi, 1:1 – 87 Kantillana.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iroq o‘rtoqlik bahsida Xitoyni mag‘lub etdi, Eron esa Falastin bilan durang o‘ynadi