21:20 / 25.12.2018
2 695

Artem Dzyuba Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi

Artem Dzyuba Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi
“Zenit” hujumchisi Artem Dzyuba “Futbol” haftaligi so‘rovnomasiga ko‘ra Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. 30 yoshli to‘purar 614 ochko jamg‘arib, SSKA posboni Igor Akinfeyev (245 ochko, ikkinchi) hamda armiyachilar himoyachisi Mario Fernandesni (215 ochko, uchinchi) ortda qoldirdi.

“Futbol” haftaligi 1992 yildan buyon ushbu sovrinni o‘z egasiga topshirib keladi. Bu yili so‘rovnomada rossiyalik OAVlardan 277 sport jurnalisti ishtirok etdi. Dzyuba faoliyatida ilk bor ushbu sovringa loyiq deb topildi. Ilgari uning eng yaxshi natijasi 2015 yili, ikkinchi o‘rin edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Artem Dzyuba Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi