21:01 / 25.12.2018
3 298

Server Jeparov O‘zbekiston chempionatiga qaytadi

Server Jeparov O‘zbekiston chempionatiga qaytadi
Bekobodning «Metallurg» klubi o‘z safini mahoratli futbolchilar bilan to‘ldirib olmoqda.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishiga ko‘ra, Andrey Shipilov boshchiligidagi jamoa Server Jeparov bilan kelishuvga erishdi. Yurtimizning eng nomdor futbolchilaridan biri ushbu klub safida yangi mavsum tayyorgarligiga kirishdi. Futbolchi hamda klub o‘rtasidagi shartnoma Jeparovning tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tganidan keyin rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston professional futbol ligasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi, deb xabar beradi PFL.

Shuningdek, «Paxtakor» sharafini uzoq yillar himoya qilgan mahoratli himoyachi Kamoliddin Tojiyev va «Qizilqum», «Olmaliq», «Lokomotiv»dagi o‘yinlari bilan tanilgan, so‘nggi yillarni «Buxoro»da o‘tkazgan Shavkat Mullajonov ham «Metallurg» bilan kelishuvga erishdi.

Ayni paytda «Metallurg» tarkibida 35 nafar futbolchi qatnashmoqda. Bekobodliklar mashg‘ulotlarini Qibraydagi o‘quv-mashg‘ulot maskanida olib borishyapti. Dastlabki yig‘in 29 dekbar kuni poyoniga etadi. Ikkinchi yig‘in ham Qibrayda 2019 yilning 5-25 yanvar sanalari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng «Metallurg» xorij yig‘iniga otlanadi. Rejaga binoan uchinchi yig‘in 27 yanvardan 11 fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Server Jeparov O‘zbekiston chempionatiga qaytadi