00:53 / 28.12.2018
4 719

Akbar Jo‘rayev O‘zbekistonda "Yilning eng yaxshi sportchisi" deb topildi (foto)

Akbar Jo‘rayev O‘zbekistonda "Yilning eng yaxshi sportchisi" deb topildi (foto)
Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida oltin medal sohibi bo‘lgan Akbar Jo‘rayev O‘zbekistonda 2018 yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. Bu haqda 27 dekabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jo‘rayev nomzodi Bekzod Abdurahmonov, Mo‘minjon Abdullayev, Diyorbek O‘rozboyev, Isroil Madrimov, Svetlana Radzivil, Vadim Menkov, Denis Istomin kabi jami 28 da’vogar ichidan saralab olindi.

Akbar Jo‘rayev 1-10 noyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatida 102 kilogrammgacha vazn toifasida dast ko‘tarishda jahon rekordini yangilab, oltin medal bilan taqdirlangan. Chempionatda 19 yoshli atlet ikkikurashda yoshlar o‘rtasida jahon rekordini yangilagan. Shuningdek, Akbar Jo‘rayev bahorda yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi, yozda yoshlar o‘rtasida jahon chempionati kumush medalini qo‘lga kiritdi. Dekabr oyida Dohada o‘tkazilgan Tokio-2020 olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun reyting ochkolarini to‘plash imkonini beruvchi nufuzli xalqaro musobaqada uchta medal egasiga aylandi.

Akbar Jo‘rayev “Yilning eng yaxshi sportchisi” O‘zbekiston Milliy kubogi, belgilangan namunadagi guvohnoma hamda 10 000 (o‘n ming) AQSh dollariga teng miqdoridagi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 20 dekabrdagi “Yilning eng yaxshi sportchisi” O‘zbekiston milliy kubogini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 452-sonli qaroriga asosan har yili an’anaviy tarzda eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchi taqdirlanadi. Yilning eng yaxshi sportchisini aniqlash mazkur qaror bilan tasdiqlangan respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Akbar Jo‘rayev O‘zbekistonda "Yilning eng yaxshi sportchisi" deb topildi (foto)