18:39 / 28.12.2018
3 333

Nega O‘zbekiston MTJ Turkiya yig‘inida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmaslikka qaror qildi?

Nega O‘zbekiston MTJ Turkiya yig‘inida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmaslikka qaror qildi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15 dekabridan beri Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in o‘tkazayotganidan xabaringiz bor. Yig‘in davomida Ektor Kuper boshchiligidagi murabbiylar shtabi Osiyo Kubogiga yo‘l oladigan yakuniy tarkibni aniqlab oldi. Quyidagi 23 nafar futbolchi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan qit’a musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Yig‘in doirasida bitta nazorat o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgandi. Ammo milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi keyinchalik bu fikrdan qaytib, turli jarohatlarni oldini olish maqsadida nazorat uchrashuvi o‘tkazmaslikka qaror qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

29 dekabrdan 30 dekabrga o‘tar kechasi futbolchilarimiz Turkiyadan yurtimizga qaytib kelishadi. Keyin 2 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l olishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nega O‘zbekiston MTJ Turkiya yig‘inida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmaslikka qaror qildi?